Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 18-son (2025) · 11–20-betlar
PSIXOLOGIK QIYINCHILIKLARGA DUCH KELGAN ÕQUVCHILAR BILAN KORREKSION RIVOJLANTIRUVCHI MASHGʻULOTLAR
Toshpo‘latov, Abdulaziz, Erkayeva, Dilrabo
DOI: 10.5281/zenodo.17412201 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bugungi kunda ta’lim tizimida inson omilini birinchi o‘ringa qo‘yish, yoshlarning ruhiy sog‘lomligini asrash va ularni hayotga puxta tayyorlash masalasi dolzarb muammolardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ta’lim jarayoni nafaqat bilim berish, balki shaxsning to‘laqonli shakllanishi, ijtimoiy muhitga moslashuvi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, har bir o‘quvchi bu jarayonga bir xil ruhiy tayyorgarlik bilan kirib kelmaydi. Ayrimlari darslarda faol ishtirok etsa, ba’zilarida ichki qo‘rquv, ishonchsizlik, ijtimoiy muloqotdan chetlashish yoki o‘zini baholashdagi muammolar kuzatiladi. Shu bois psixologik qiyinchiliklarga duch kelgan o‘quvchilar bilan ishlash bugungi kunda ta’lim amaliyotida alohida e’tiborga loyiq.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.