Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 3-son (2025) · 78–80-betlar
“NON/BREAD” KONSEPTINI LINGVOKOGNITIV VA LINGVOKULTUROLOGIK NUQTAI NAZARDAN O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Buzurxanova, Kamola
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i03-p1-022 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada “non/bread” konsepti o‘zbek xalqining lingvokognitiv va lingvokulturologik xususiyatlari nuqtai nazaridan o‘rganilgan. “Non” so‘zi o‘zbek milliy mentaliteti, turmush tarzi va urf-odatlarida muhim o‘rin tutib, nafaqat oziq-ovqat, balki baraka, farovonlik va birdamlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Lingvokognitiv yondashuvda “non” konsepti asosidagi metafora va semantik qatlamlar, nutqiy birikmalar orqali milliy ongda shakllangan umumiy tasavvurlar ochib beriladi. Lingvokulturologik tahlilda esa “non”ning urf-odat, marosim va an’analardagi, shuningdek, ijtimoiy-madaniy munosabatlardagi beqiyos roli yoritiladi. Natijada, “non” konsepti milliy qadriyatlar tizimida chuqur ildiz otgan, hayot manbai va ma’naviy negiz sifatida shakllanganligi namoyon bo‘ladi. Ushbu tadqiqot til, tafakkur va madaniyat o‘zaro uyg‘unlashib ketgan murakkab jarayon ekani hamda milliy merosni chuqurroq anglash uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.
non konsepti, lingvokognitiv yondashuv, lingvokulturologik yondashuv, mentalitet, an’ana, urf-odat, metafora, semantika, madaniy kod, baraka.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.