Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 3-son (2025) · 129–132-betlar
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING AQLIY TARBIYASI
Ravshanova, Dildora, Qarshiyeva, Iroda
DOI: 10.5281/zenodo.14915562 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Zamonaviy ta`lim tizimi uchun aqliy tarbiya muammosi juda muhimdir. Olimlarning fikricha hozirgi ming yillik axborot inqilobi bilan nishonlanadi, bilim va bilimli insonlar haqiqiy milliy boylik sifatida qadrlanadi. Hozirgi vaqtda faol aqliy faoliyat qobiliyatini shakllantirish vazifasi birinchi o`ringa chiqadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy tarbiyasi sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri N.N. Poddyakov to`g`ri ta`kidlaydiki, hozirgi bosqichda bolalarga an`anaviy aqliy ta`lim tizimida bo`lgani kabi, to`liq bilimga intilmasdan, haqiqatni bilish kalitini berish kerak. Bola shaxsining har tomonlama rivojlanishi axloqiy, aqliy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi bilan ta`minlanadi. Aqliy ta`lim nafaqat bilim va aqliy faoliyat usullarini o`zlashtirish, balki bola shaxsining ma`lum fazilatlarini shakllantirish vazifasini ham bajaradi. Aqliy rivojlanish – bu fikrlash jarayonlarida yoshga qarab va atrof – muhit ta`sirida sodir bo`ladigan sifat va miqdor o`zgarishlar majmuidir.
Maktabgacha ta`lim, tarbiya, aqliy rivojlanish, aqliy tarbiya, aqliy mehnat, kitob, bilim, malaka, ko`nikma.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.