Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 3-son (2025) · 137–144-betlar

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA MUHIM MUOMMOLARNI HAL QILISHDA FALSAFANING RO‘LI

Abdunazarova, Zebiniso

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i03-p1-037 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda muhim muammolarni hal qilishda falsafaning roli katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida duch kelinadigan asosiy muammolar tahlil qilinadi va ularning falsafiy jihatdan yechimlari ko‘rib chiqiladi. Ta’lim jarayonida dunyoqarashni shakllantirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda ilmiy metodologiyadan foydalanish falsafaning asosiy vazifalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishda empirik bilimlarni nazariy tushunchalar bilan bog‘lash, bolalarning qiziquvchanligini oshirish va ularni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirish masalalarida falsafa muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot davomida tabiiy fanlarni o‘qitishda pedagogik falsafa yondashuvlari, konstruktivizm va dialektik metodlarning o‘rni ham tahlil qilinadi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagoglar va ta’lim sohasi tadqiqotchilari uchun foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

amaliy uslublar, retseptor, tajriba, obyekt, operatsiya, ekskursiya, gerbariy, granit, akvarium, terrarium.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.