Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 5-son (2025) · 53–55-betlar

ZAIF ESHITUVCHI BOLALAR ESHITUV IDROKINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA OLIB BORILADIGAN PEDAGOGIK ISHLAR

Yuldasheva, Zarnigor, Kodirov, M. M

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i05-p1-016 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada, zaif eshituvchi bolalarning eshituv idrokini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik ishlar yoritiladi. Eshituvda muammolari bo‘lgan bolalar uchun o‘qitish va tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metodikalar, uslublar va o‘quv materiallari muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada bolalarning eshituv qobiliyatini yaxshilash, tilni rivojlantirish va ijtimoiylashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun samarali pedagogik yondashuvlar, o‘qituvchilarga tavsiyalar, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari haqida batafsil ma'lumot beriladi. Ushbu maqola, zaif eshituvchi bolalar bilan ishlashni samarali tashkil etish istagan pedagoglar, mutaxassislar va ota-onalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Zaif eshituvchi bolalar, eshituv idroki, pedagogik ishlar, metodika, tilni rivojlantirish, ijtimoiylashuv, o‘qitish, ta'lim texnologiyalari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.