Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 6-son (2025) · 22–25-betlar

GOSPITAL PEDAGOGIKANI KICHIK GURUHLARDA YOKI INDIVIDUAL TASHKIL ETISHNING XUSUSIYATLARI VA TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH USULLARI

Sadinova, Shaxzoda

DOI: 10.5281/zenodo.15093283 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Gospital pedagogika - uzoq muddatli yoki surunkali kasalliklar sababli shifoxonada yoki uyda davolanishga majbur bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus ta’lim tizimidir. Ushbu pedagogikaning kichik guruhlarda yoki individual tarzda tashkil etilishi har bir bolaning ehtiyojlariga mos ravishda yondashishni talab qiladi. Shuningdek, ta’lim texnologiyalari, jumladan, masofaviy ta’lim, interfaol metodlar va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot gospital pedagogikasining samarali usullarini ko‘rib chiqadi va uning bolalar rivojlanishiga ta’sirini tahlil qiladi.

Gospital pedagogika, individual ta’lim, kichik guruhlar, ta’lim texnologiyalari, masofaviy ta’lim, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, inkluziv ta’lim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.