Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 6-son (2025) · 26–29-betlar
JAMOATCHILIK O'RTASIDA GOSPITAL PEDAGOGIKADA O'QITISHNING MAZMUN-MOHIYATI HAQIDA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORISH
Egamberdiyeva, Nigora
DOI: 10.5281/zenodo.15093294 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Gospital pedagogika uzoq muddatli yoki surunkali kasalliklar sababli shifoxona yoki uy sharoitida davolanishga majbur bo‘lgan bolalarga ta’lim berish tizimidir. Ushbu tizim jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan. Jamoatchilik o‘rtasida gospital pedagogikaning mazmun-mohiyatini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali ota-onalar, o‘qituvchilar va keng jamoatchilikning ushbu tizimga bo‘lgan e’tiborini oshirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va bolalarning ijtimoiylashuviga ko‘mak berish mumkin. Ushbu tadqiqotda gospital pedagogikaning asosiy tamoyillari, uning dolzarbligi va tushuntirish ishlarini olib borish metodlari yoritiladi.
Gospital pedagogika, ta’lim mazmuni, tushuntirish ishlari, jamoatchilik, maxsus ta’lim, kasallik bilan bog‘liq ta’lim, inklyuziv ta’lim, masofaviy ta’lim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.