Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 6-son (2025) · 94–95-betlar
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA VA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI BILAN O'TKAZILADIGAN MILLIY VA HARAKATLI O'YINLAR: O'ZBEKISTON TAJRIBASI
Qurbonov, Nortoji, Abirov, Jo'rabek, G’aniyev, Suxrob
DOI: 10.5281/zenodo.15141367 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalari va boshlang'ich sinflarda qo'llaniladigan milliy va harakatli o'yinlarning bolalar rivojiga ta'sirini o'rganishga qaratildi. Denov shahridagi ta'lim muassasalarida 50 nafar bola va 10 nafar tarbiyachi ishtirokida o'tkazilgan kuzatuvlar asosida o'yinlarning motorli ko'nikmalar, jamoada ishlash va madaniy o'zlikni shakllantirishdagi o'rni baholandi. Natijada, o'yinlar bolalarning jismoniy faolligini sezilarli darajada oshirishi va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashi aniqlandi, lekin tashkiliy jihatdagi qiyinchiliklar ham e'tiborga olindi.
maktabgacha ta'lim, boshlang'ich sinf, milliy o'yinlar, harakatli o'yinlar, jismoniy tarbiya, O'zbekiston, pedagogika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.