Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 7-son (2025) · 51–53-betlar
INKLYUZIV VA BIRGALIKDA O'QITISH: ULARNING ASOSIY FARQLARINI ASOSLASH
Avazova, Marg’iyona
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i07-p1-013 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitish (co-teaching) tushunchalari va ularning ta'lim tizimlaridagi o'rni tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitish, o'zaro bog'liq bo'lsa-da, turli pedagogik yondashuvlarga asoslanadi. Inklyuziv ta'lim — bu alohida yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni umumiy ta'lim tizimiga integratsiyalashga qaratilgan tizim bo'lib, barcha o'quvchilarga teng imkoniyatlar yaratish uchun o'qitish metodlari va resurslarini moslashtirishni talab qiladi. Birgalikda o'qitish esa ikki yoki undan ortiq o'qituvchining birgalikda ta'lim berish usulini bildiradi va maxsus ehtiyojlarga ega bo'lgan bolalarga ko'proq individual yondashuvni ta'minlashni maqsad qiladi. Tezishda inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitishning farqlari, samaradorligi, joriy etilishidagi qiyinchiliklar va ta'lim jarayonida ular qanday ishlatilishi haqida chuqur tahlil qilingan.
Inklyuziv ta'lim, birgalikda o'qitish, maxsus ehtiyojli bolalar, pedagogik yondashuvlar, ta'lim tizimi, integratsiya, o'qitish metodlari, individual yondashuv, ta'lim resurslari, o'qituvchilar hamkorligi, ta'limdagi tenglik, jamiyatda adolat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.