Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 5-jild 5-son (2025) · 240–246-betlar

ANISSIMON TOJGUL (LOPHANTHUS ANISATUS BENTH.) YER USTKI QISMI TARKIBIDAGI POLISAXARIDLARNI AJRATIB OLISH VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARINI O’RGANISH

Ibragimova, D.M., Farmanova, N.T., Nurmamatova, M.O.

DOI: 10.5281/zenodo.15545067 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

O’zbekistonda yetishtirilgan anissimon tojgul (Lophanthus anisatus Benth.)  tarkibidagi suvda eruvchan polisaxaridlar (4%), pektin moddalari (6%) va gemitsellyulozalar (8,3%) mavjudligi ilk bor o’rganildi. Asosiy monosaxaridlar glyukoza, galaktoza, arabinoza va ksilozadir. Biopolimerlarning monosaxarid tarkibining xususiyatlari ularning nordon polisaxaridlar ekanligini ko'rsatdi. Spirtli ajratmalardagi xromatografik tahlil natijalariga ko'ra fruktoza aniqlandi. Ajratib olingan polisaxaridlar IQ spektroskopiyasi yordamida tahlil qilindi. Polisaxaridlarning IQ spektrlarini tahlil qilish murakkab efir guruhlari, metallar va glikozid bog'larining turi haqida ma’lumot beradi.

Lophanthus anisatus Benth., suvda eriydigan polisaxaridlar, pektin moddalar, gemisellyuloza

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.