Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 7-son (2025) · 92–93-betlar
KUZATISH METODI
O’tkurova, Moxira, Usmanova, Sevara
DOI: 10.5281/zenodo.15220806 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu matnda psixologiyada kuzatish metodining mohiyati, turlari va qo‘llanilish sohalari yoritib berilgan. Kuzatish — voqelikdagi hodisalarni rejali, tizimli va mukammal tarzda idrok qilish orqali psixik holatlarni o‘rganishga xizmat qiluvchi asosiy ilmiy metodlardan biridir. Metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o‘zini-o‘zi) turlari mavjud bo‘lib, ular insonning xatti-harakati, his-tuyg‘ulari, nutqi va faoliyatini o‘rganishda qo‘llaniladi. Kuzatish jarayonida ilmiy xulosalar chiqariladi, farazlar ilgari suriladi va psixik holatlar tahlil qilinadi. Matnda kuzatish metodining tarixiy rivoji, uni qo‘llash shartlari va bosqichlari ham ko’rsatib o’tilgan
Kuzatish metod, idrok, diqqat, xulq-atvor, o’z-o’zini, tashqi kuzatish, ichki kuzatish, tafakkur, tabiiy metod.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.