Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 7-son (2025) · 142–145-betlar

ESHITISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARDAGI NUTQNING FONETIK VA LEKSIK TOMONDAN RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Nematova, Aziza, Urunova, Zahro

DOI: 10.5281/zenodo.15245751 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini fonetik va leksik jihatdan rivojlantirish texnologiyalari tahlil qilinadi. Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar nutqining shakllanishi, ularning fonetik tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishdagi qiyinchiliklari va so‘z boyligini rivojlantirish usullari muhokama qilinadi. Shuningdek, maxsus pedagogik texnologiyalar, jumladan, vizual va taktil metodlardan foydalanish, individual yondashuv hamda logopedik mashqlar asosida amalga oshiriladigan ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlaydigan pedagoglar uchun amaliy tavsiyalar shaklida taqdim etiladi.

Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, nutq rivojlantirish, fonetik rivojlanish, leksik boylik, logopedik mashqlar, maxsus pedagogik texnologiyalar, vizual metodlar, taktil usullar, individual yondashuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.