Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 8-son (2025) · 4–6-betlar
DUAL TA'LIMNING MAQSADI, TARIXI, RIVOJLANISHI VA AHAMIYATI
Toshkentbayev, Baxodir
DOI: 10.5281/zenodo.15253888 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada dual ta'lim tizimi, uning maqsadlari, tarixi, rivojlanishi, xalqaro tajribasi, iqtisodiy ta’siri va kelajak istiqbollari haqida batafsil tahlil qilinadi. Maqolada dual ta’limning xalqaro tajribalari, xususan, Germaniya, Shveysariya va boshqa rivojlangan mamlakatlardagi muvaffaqiyatli amaliyotlari yoritilib, bu tizimning yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlashdagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, dual ta’lim tizimining iqtisodiy o‘sish va ish bilan ta’minlashdagi roli, mehnat bozoriga integratsiyalashuv jarayoni, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, dual ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘llari, qonunchilik bazasini takomillashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Maqola dual ta’lim tizimining kelajakdagi istiqbollari va uning global ta’lim tizimidagi o‘rnini baholashga xizmat qiladi.
Dual ta'lim, kasbiy tayyorgarlik, mehnat bozori, iqtisodiy o‘sish, xalqaro tajriba, Germaniya modeli, Shveysariya modeli, innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayoni, ta'lim tizimi, yosh mutaxassislar, ish bilan ta’minlash, ta’lim va sanoat hamkorligi, pedagogik malaka, kasb-hunar ta'limi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.