Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 8-son (2025) · 54–57-betlar
MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHI BOLALARI MULOQATCHANLIGINI TEATR FAOLIYATI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Tadjiyeva, Feruza
DOI: 10.5281/zenodo.15280887 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur ilmiy-uslubiy ishda maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolalarning muloqotchanlik qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishda teatr faoliyatining o‘rni hamda ahamiyati yoritilgan. Bolaning atrofdagilar bilan nutqiy va ijtimoiy aloqaga kirishish qobiliyati — uning keyingi rivojlanishida muhim omillardan biri hisoblanadi. Aynan teatr faoliyati esa bu borada samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi, chunki u o‘yinli, his-tuyg‘ular bilan boyitilgan, ijtimoiy-emosional muhitda amalga oshadi. Tadqiqot davomida muloqotchanlik tushunchasining pedagogik-psixologik mohiyati ochib berilgan, teatr faoliyatining maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy rivojiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Teatr o‘yinlari, pantomima, sahna ko‘rinishlari, rolli o‘yinlar, dramatizatsiya kabi faoliyat turlari orqali bolalarda erkin fikr bildirish, nutqni ravon bayon etish, jamoada ishlash, o‘zini erkin tutish kabi ko‘nikmalar shakllantirilishi tahlil qilingan.Ishda bolalar bilan olib boriladigan teatr faoliyatini tashkil etish bo‘yicha samarali metodik yondashuvlar taklif etilgan.
maktabgacha ta’lim, tayyorlov guruhi, muloqotchanlik, teatr faoliyati, rolli o‘yin, nutq rivoji, ijtimoiy ko‘nikmalar, dramatizatsiya, pantomima, metodika
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.