Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 8-son (2025) · 69–74-betlar

NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA NUTQIY AKTLARNING LINGVOPRAGMATIK TADQIQI

Axmadjonov, Nurbek, Turdimatova, Ruxshona

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i08-p1-017 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada nemis va o‘zbek tillarida nutqiy aktlarning lingvopragmatik jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Til egalarining kommunikativ niyatlarini ifodalovchi nutqiy aktlar madaniy kontekst, ijtimoiy muomala qoidalari va til strukturasi bilan chambarchas bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda taqqoslama-lingvistik va diskursiv tahlil metodlari asosida ikki tilga oid real nutqiy vaziyatlar o‘rganilgan. Maqolada nemis tilidagi nutqiy aktlarning ratsional va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda shakllari, o‘zbek tilidagi esa kontekstga bog‘liq, yumshatilgan va odob-axloq me’yorlariga asoslangan kommunikativ modellari yoritilgan. Olingan natijalar tarjima nazariyasi, chet tilini o‘qitish va til o‘rganish metodikasida qo‘llash uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

nutqiy akt, lingvopragmatika, madaniy kontekst, kommunikativ strategiya, pragmatik tahlil.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.