Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 8-son (2025) · 114–118-betlar
"O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA METAKOGNITIV STRATEGIYALARNING O‘RNI"
Anvarova, D.
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i08-p1-028 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda metakognitiv strategiyalarning o‘rni o‘rganilgan. Metakognitsiya — o‘z fikrlash jarayonini anglash va boshqarish qobiliyati bo‘lib, o‘quvchilarga o‘z o‘rganish jarayonini yanada samarali va mustaqil tarzda boshqarishga yordam beradi. Tanqidiy fikrlash esa axborotni tahlil qilish, baholash, qaror qabul qilish va asosli xulosalar chiqarish qobiliyatidir. Maqola metakognitiv strategiyalarni qo‘llash orqali tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladi. Turli mamlakatlardagi tajribalar, statistik ma’lumotlar va tajriba asosida o‘quvchilarda metakognitiv yondashuvlarning samaradorligi ko‘rsatilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, metakognitiv strategiyalar o‘quvchilarning faolligini, fikr yuritish qobiliyatini va mustaqil o‘rganish jarayonini kuchaytiradi. Maqolada o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda metakognitiv yondashuvlarni ta’lim tizimiga keng joriy etish zarurligi haqida xulosa qilinadi.
Tanqidiy fikrlash, metakognitsiya, o‘quvchilar, metakognitiv strategiyalar, ta’lim tizimi, mustaqil o‘rganish, refleksiya, o‘zini baholash, pedagogik strategiyalar, o‘qitish metodikasi, ta’limda innovatsiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.