Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 8-son (2025) · 161–165-betlar

NUTQ AKTLAR NAZARIYASI: TILNING PRAGMATIK FUNKSIYASI VA KOMMUNIKATIV HARAKATLAR MEXANIZMI

Axmadjonov, Nurbek, Yaminjonova, Sabinabonu

DOI: 10.5281/zenodo.15342849 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Nutqiy aktlar nazariyasini anglash til vositalarining ijtimoiy hayotdagi roli va ta’sir doirasini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. So‘zlar nafaqat tovushlar majmuasi yoki yozuv belgilarining ketma-ketligi, balki ular inson tafakkuri, ijtimoiy ong va kommunikativ maqsadlarni amalga oshirish vositasidir. Har bir nutqiy akt orqali shaxs mavjud munosabatlarni mustahkamlashi, o‘zgartirishi yoki yangidan vujudga keltirishi mumkin. Shu bois, nutqiy aktlar tilning faqatgina axborot uzatuvchi emas, balki ijtimoiy harakatni amalga oshiruvchi mexanizm sifatidagi funksiyasini ochib beradi. Bu esa insonni til orqali o‘z irodasini ifoda etish, boshqalarga ta’sir o‘tkazish va ijtimoiy muhitga faol tarzda aralashish imkoniyati bilan ta’minlaydi.

Nutq akt, direktiv, komissiv, deklarativ, assertivlar, ekspressiv, illokutsion akt, perlokutsion akt, lokutsion akt.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.