Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 9-son (2025) · 110–111-betlar
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KONSTRUKSIYALASH VA MODELLASHTIRISH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Haydarov, Mirjalol, Sherqulova, Sevinch
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i09-p1-033 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Zamonaviy ta’lim jarayoni pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarning doimiy yangilanishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda darsni samarali tashkil etish va o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirishda o‘qituvchining konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kompetensiyalar orqali o‘qituvchi o‘quv jarayonini ilmiy asoslangan holda loyihalash, dars jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos metodik yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Bu o’z navbatida har bir bo’lajak kasb egasining o’z kasbini yuksak darajada egalashi uchun zaruriy omildir. Shaharsozlik yoki qurilish, texnologik rejalar, modellash va boshqa barcha turdagi konstruksiya ishlarida albatta zamon talabiga mos holda texnik va ijtimoiy talablarga javob beruvchi samaraga erishish uchun kichik yoshdan shaklantirish bo‘yicha asosiy talab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga katta bog‘liqdir. Bundan ko‘rinib turadiki bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida yuqorida ta’kidlaganimizdek, konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyasini rivojlantirish talab etiladi. Bu o’z navbatida yangicha qarashga bo’lgan ijobiy faiklarni takomilashtiradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.