Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 9-son (2025) · 131–134-betlar
4K TAMOYILI ASOSIDA 5-6 SINF OʻQUVCHILARNING MULOQOT UZATUVCHI TAMOYILINI SHAKLLANTIRISH MASALASI HAQIDA
Rahmonov, O.B.
DOI: 10.5281/zenodo.15471224 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Pedagogik texnologiyalarda pedagogik maqsadlar talim oluvchilar bajaradigan harakatlar asosida erishiladigan shunday bir natijalarda ifoda topadiki, ularni chetdan kuzatib turib bilish yoki baholash mumkin. Xususan, oʻquv materiali yoki uning ajratib koʻrsatilgan qismlari ustida oʻquvchi oʻqiydi, tahlil qiladi, tanqidiy fikr oʻygʻonadi, baholaydi, kreativ yondoshadi, qayta shakllantiradi, analiz-sintezlaydi, jamoaviy ishlashga imkon topadi va h.k. Atab oʻtilgan amallar oʻqituvchi tomonidan oʻquvchiga uni bajarish uchun topshiriq sifatida beriladi. Oʻquvchilar esa ushbu topshiriqlarni guruhlarda tashabbuslik bilan bajarishga harakat etadilar. Ushbu harakatlar orqali oʻquvchilar oʻrtasida jamoaviy ishlash (kolloboratsiya), kreativ fikrlash, kommunikativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari rivojlanishiga imkon tugʻiladi. Shubhasizki, bu topshiriqlardan qaysidir birlari oʻquvchidan pastroq tayyorgarlikni, boshqalari esa yuqori va hatto juda yuqori tayyorgarlikni talab qiladi va shunga binoan u bajargan amal natijasi ham turlicha baholanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.