Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 9-son (2026) · 107–113-betlar
INGLIZ TILINI O’QITISH VA O’RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Azamova, Kumushoy, Abdullajonova, Shaxnoza
DOI: 10.5281/zenodo.19880269 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitish va o‘rganish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari batafsil tahlil qilinadi. Xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli ta’lim vositalari, mobil ilovalar, onlayn platformalar hamda sun’iy intellektga asoslangan dasturlarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni keng yoritiladi.Maqolada zamonaviy texnologiyalarning ingliz tilini o‘rganish jarayoniga olib kirayotgan innovatsion yondashuvlari, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati hamda interaktiv metodlar orqali ularning motivatsiyasini oshirish masalalari tahlil etiladi. Shuningdek, masofaviy ta’limning rivojlanishi, multimedia vositalaridan foydalanishning afzalliklari va ularning amaliy qo‘llanilishi misollar orqali asoslab beriladi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy texnologiyalarni ingliz tilini o‘qitish jarayoniga samarali joriy etish o‘quvchilarning til kompetensiyalarini (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish) kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, maqolada ushbu texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar ham ilgari suriladi.
ingliz tili, zamonaviy texnologiyalar, raqamli ta’lim, onlayn platformalar, mobil ilovalar, interaktiv metodlar, sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim, multimedia vositalari, innovatsion yondashuv
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.