Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 10-son (2026) · 46–50-betlar

OTA-ONALAR BILAN SAMARALI PSIXOLOGIK HAMKORLIKNI O'RNATISH VA RIVOJLANTIRISH MEZONLARI

Erkaboyeva, Shoxsanam

DOI: 10.5281/zenodo.20196275 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqola maktab va oila o'rtasida o'quvchilarning rivojlanishi uchun muhim bo'lgan ota-onalar bilan samarali psixologik hamkorlikni o'rnatish va rivojlantirishning asosiy mezonlarini tahlil qiladi. Tadqiqot ta'lim muassasalari psixologlari, o'qituvchilar hamda ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan. Tadqiqot jarayonida psixologik maslahatlashuvlar, so'rovnomalar va kuzatuv usullaridan foydalanildi. Ota-onalar bilan ochiq va ishonchli muloqot, ularning ta'lim jarayoniga faol jalb etilishi, shuningdek, psixologik qo'llab-quvvatlash tizimini yaratish hamkorlikning asosiy omillari hisoblanadi. Maqolada ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan bo'lib, bu o'quvchilarning ijtimoiy-psixologik moslashuvini yaxshilashga va ularning ta'lim muvaffaqiyatini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari ta'lim psixologiyasi va pedagogika sohasidagi mutaxassislar uchun foydali bo'lishi kutilmoqda.

ota-ona, psixologik hamkorlik, ta'lim muassasasi, o'quvchi, samaradorlik, muloqot, qo'llab-quvvatlash

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.