Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 11-son (2026) · 52–56-betlar

SHAXSNING EMOTSIONAL JAB’HASI

Dehkanova, Marg’uba, Hamidova, Shodiya

DOI: 10.70413/zdpp-v05-i11-p1-022 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada shaxs psixikasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan emotsional jab’hasining shakllanishi, rivojlanishi hamda inson faoliyati va xulq-atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Emotsiyalar va affektlar, kayfiyat, stress holatlari, hissiy barqarorlik, emotsional intelligensiya tushunchalarining mazmuni ochib berilgan bo‘lib, ular shaxsning motivatsiyasi, ijtimoiy moslashuvi, qaror qabul qilish jarayoni va muloqot madaniyatida tutgan o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada emotsional jarayonlarning fiziologik hamda psixologik asoslari, ularni o‘rganishga katta hissa qo‘shgan olimlarning qarashlari tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsda ijobiy emotsional barqarorlikni shakllantirish yo‘llari va emotsiyalarni boshqarish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va xulosalar berilgan.

shaxs, emotsiya, hissiyot, affekt, kayfiyat, stress, emotsional barqarorlik, hissiy reaktivlik, emotsional tajriba, emotsional rivojlanish, emotsional boshqaruv, emotsional intelligensiya, motivatsiya, psixik jarayonlar, temperament, shaxs faolligi, muloqot, ijtimoiy moslashuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.