Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 11-son (2026) · 64–66-betlar
TILSHUNOSLIK TALABALARIDA TAJRIBAVIY LOYIHAGA ASOSLANGAN TA’LIM ORQALI MUAMMOLARNI HAL QILISH VA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH
Xudoyqulova, Sevara
DOI: 10.5281/zenodo.20133244 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tezisda tilshunoslik yo‘nalishi talabalarida tajribaviy loyihaga asoslangan ta’lim (Project-Based Learning – PBL) orqali muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy oliy ta’lim tizimida talabalarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi, ilmiy tadqiqot olib borish kompetensiyasi hamda kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida xalqaro pedagogik tadqiqotlar, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda loyiha asosidagi ta’limning samaradorligiga oid statistik ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, PBL metodidan foydalanilgan guruhlarda talabalar faolligi 30–35 foizga, tanqidiy fikrlash ko‘rsatkichlari esa 25 foizga oshgan. Shuningdek, talabalar o‘rtasida mustaqil tadqiqot olib borish va muammolarni amaliy hal qilish kompetensiyasi sezilarli rivojlangan.
Project-Based Learning, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, tilshunoslik, innovatsion pedagogika, kommunikativ kompetensiya, interaktiv metodlar, tajribaviy ta’lim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.