Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 11-son (2026) · 107–108-betlar

PEDAGOGIK JARAYONDA O‘QUVCHILARGA PSIXOLOGIK TA’SIR KO‘RSATISH: NAZARIYA VA AMALIYOT

Sultonova, Svetlana

DOI: 10.5281/zenodo.20176129 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada pedagogik jarayonda o‘quvchilarga psixologik ta’sir ko‘rsatish muammosi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Psixologik ta’sirning mohiyati, uning turlari (ochiq va yopiq, ongli va ongsiz, uyqu va hushyorlik davrlarida), shakllari va samaradorlik shartlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada amerikalik psixologlarning klassik tajribasi misolida o‘qituvchi kutishining (Pygmalion effekti) o‘quvchi muvaffaqiyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchining shaxsiy xususiyatlari, guruhdagi psixologik muhit va ta’limning individual yondashuvi kabi omillarning ahamiyati asoslab berilgan.

psixologik ta’sir, pedagogik ta’sir, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari, Pygmalion effekti, ochiq va yopiq ta’sir, gipnopediya, psixologik muhit, ta’limda individual yondashuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.