Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 11-son (2026) · 119–122-betlar
JEK LONDONNING “MARTIN EDIN” ROMANIDA SHAXS IRODASINING PSIXOLOGIK TAHLILI
Xalbayeva, Gulnoza, Nurmuhammadova, Madina
DOI: 10.5281/zenodo.20226153 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxsning irodaviy sohasi va iroda jarayonlarining shakllanish qonuniyatlari Jek Londonning "Martin Iden" asari qahramoni timsolida ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda irodaning asosiy komponent sifatlari — qaror qabul qilish, sabr-toqat va qat’iyatning shaxs kamolotidagi o‘rni psixologik yondashuvlar asosida yoritilgan. Oddiy dengizchining jahonshumul yozuvchiga aylanish yo‘li psixologik aspektda o‘rganilib, inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishida ichki va tashqi to‘siqlarni yengish mexanizmlari va irodaviy sifatlarning o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. Maqolada asosiy g‘oya — tashqi omillar emas, balki ichki iroda insonni cho‘qqiga olib chiqishini sodda va ta’sirli tilda tushuntirib berishdan iborat. Maqolaning ilmiy yangiligi esa badiiy obraz orqali irodaviy jarayonlarning amaliy namoyonini tahlil qilishdadir.
Iroda, Martin Edin, matonat, manaviyat, irodaviy sifatlar, qaror qabul qilish, sabr-toqat, qat’iyat, shaxs psixologiyasi, ijtimoiy tajriba, emotsional barqarorlik, irodaviy jarayonlar, maqsad, ongli tanlov, shaxs kamoloti.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.