Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 11-son (2026) · 123–126-betlar
MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR HAMDA ULARNING OTA-ONALARIDA MEDIASAVODXONLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Arobova, Shohsanam
DOI: 10.5281/zenodo.20265341 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktab yoshidagi bolalar hamda ularning ota-onalarida mediasavodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali usullari yoritilgan. Axborot texnologiyalari va internet tarmoqlarining keng rivojlanishi sharoitida yosh avlodni turli zararli axborotlardan himoya qilish, ularda tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish va ishonchli manbalarni ajrata olish kompetensiyalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, interaktiv mashg‘ulotlar, media tahlil, treninglar, raqamli xavfsizlik bo‘yicha suhbatlar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda olib boriladigan faoliyatlarning samaradorligi asoslab berilgan. Maqola natijalari bolalar va ota-onalarda media madaniyatni rivojlantirish hamda xavfsiz axborot muhitini yaratishga xizmat qiladi.
mediasavodxonlik, maktab o‘quvchilari, ota-onalar, axborot madaniyati, raqamli savodxonlik, tanqidiy fikrlash, internet xavfsizligi, media ta’lim, axborot tahlili, pedagogik yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.