Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 11-son (2026) · 130–133-betlar

TEXNIKA MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHDA MUHANDISLIK PSIXOLOGIYASINING ZARURATI VA FUNKSIONAL AHAMIYATI

Ruzmetova, Sayyoraxon, Uralbaeva, Surayyo

DOI: 10.5281/zenodo.20287247 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada texnika mutaxassislarini tayyorlash jarayonida muhandislik psixologiyasining ilmiy-uslubiy asoslari, uning kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni va funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Inson–texnika tizimlarida operator faoliyatining psixofiziologik xususiyatlari, qaror qabul qilish jarayonlari, axborotni qabul qilish va qayta ishlash mexanizmlari hamda inson omilining ishonchlilikka ta’siri ilmiy nuqtai nazardan asoslab beriladi. Shuningdek, muhandislik psixologiyasining ergonomika, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi roli yoritilib, zamonaviy texnologiyalar sharoitida mutaxassislarni tayyorlashda psixologik yondashuvlarni integratsiya qilish zarurati ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari texnik ta’lim tizimini takomillashtirish, inson–mashina interfeyslarini optimallashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

muhandislik psixologiyasi, texnika mutaxassislari, inson–texnika tizimi, ergonomika, inson omili, psixofiziologik jarayonlar, kasbiy kompetensiya, qaror qabul qilish, mehnat xavfsizligi, ishlab chiqarish samaradorligi, inson–mashina interfeysi, axborotni qayta ishlash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.