Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 14-son (2026) · 14–16-betlar
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA O‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH
Saparova, Aygul
DOI: 10.5281/zenodo.20603703 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda raqamli texnologiyalar keng rivojlanayotgan zamonaviy jamiyat sharoitida o‘quvchilarning psixologik salomatligini qo‘llab-quvvatlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda internet, ijtimoiy tarmoqlar, mobil qurilmalar va sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarning o‘quvchilar psixikasiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, raqamli muhitning ijobiy va salbiy jihatlari, kiberxavfsizlik, kiberbulling, internet qaramligi, emotsional zo‘riqish va axborot yuklamasining psixologik oqibatlari ko‘rib chiqilgan. Maktab psixologlari, pedagoglar va ota-onalarning hamkorligi asosida o‘quvchilarning psixologik salomatligini mustahkamlash bo‘yicha samarali strategiyalar tavsiya etilgan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar davrida sog‘lom va xavfsiz psixologik muhitni shakllantirish ta’lim sifatini oshirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.
raqamli texnologiyalar, psixologik salomatlik, o‘quvchilar, internet, ijtimoiy tarmoqlar, kiberxavfsizlik, kiberbulling, internet qaramligi, emotsional farovonlik, maktab psixologi, psixologik xizmat, raqamli madaniyat, axborot xavfsizligi, ta’lim sifati, psixologik qo‘llab-quvvatlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.