Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 14-son (2026) · 17–19-betlar
PSIXOLOGIK XIZMAT ORQALI O‘QUVCHILARNING MOTIVATSIYASINI OSHIRISH YO‘LLARI
Absattarova, Naubahar
DOI: 10.5281/zenodo.20603721 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda umumta’lim maktablarida psixologik xizmat faoliyati orqali o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshirish masalalari yoritilgan. O‘quv motivatsiyasi ta’lim samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biri sifatida tahlil qilinib, maktab psixologining diagnostik, profilaktik, maslahat va rivojlantiruvchi faoliyatining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda motivatsiyani shakllantirish va mustahkamlashning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari psixologik xizmatning ta’lim sifati va o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi.
psixologik xizmat, o‘quv motivatsiyasi, maktab psixologi, ta’lim sifati, psixologik diagnostika, psixologik maslahat, o‘quvchi shaxsi, motivatsion rivojlanish, ta’lim samaradorligi, psixoprofilaktika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.