Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 14-son (2026) · 20–22-betlar
INGLIZ TILIDAGI LEKSIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA AUTENTIK MEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH (MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARI MISOLIDA)
Axmatqulova, Maxfuza
DOI: 10.5281/zenodo.20604262 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarida ingliz tilidagi leksik kompetensiyani shakllantirish masalasi yoritiladi. Zamonaviy ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglarning xorijiy til kompetensiyasiga ega bo‘lishi muhim kasbiy talab sifatida qaraladi. Ingliz tilini o‘qitishda leksik kompetensiyani rivojlantirish nafaqat so‘z boyligini oshirish, balki ularni to‘g‘ri kontekstda qo‘llash, nutqiy faoliyatda erkin foydalanish va kommunikativ malakani shakllantirish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Tadqiqotda autentik media matnlar, intensiv o‘qish, kommunikativ yondashuv hamda interfaol metodlarning leksik kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, chet tilini o‘rganishda til interferensiyasi va uning so‘z boyligini o‘zlashtirishga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi.
Ingliz tili, leksik kompetensiya, maktabgacha ta’lim, autentik matnlar, so‘z boyligi, kommunikativ yondashuv, til interferensiyasi, metodika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.