Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 14-son (2026) · 92–93-betlar

O'ZBEKISTON TA'LIM MUASSASALARI INFRATUZILMA AKTIVLARINI BOSHQARISHDA RAQAMLI INVENTARIZATSIYA VA TEXNIK HOLAT INDEKSINI JORIY ETISH: MUAMMO VA YECHIM TADQIQOTI

Suleymanov, Farrux

DOI: 10.5281/zenodo.20700985 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada O'zbekiston ta'lim muassasalari (maktablar, kollejlar, universitetlar) binolari va jihozlarini boshqarishda mavjud muammolar tahlil qilingan. Tadqiqot ko'rsatishicha, mamlakat bo'ylab 10 430 ta umumiy ta'lim maktabining 63,4% ining qurilish yoshi 30 yildan oshgan, biroq ularning texnik holati haqida yagona raqamli ma'lumotlar bazasi mavjud emas. Ushbu tadqiqotda raqamli inventarizatsiya tizimi va Texnik Holat Indeksi (THI) ko'rsatkichi asosida ta'lim muassasalari aktivlarini boshqarishning takomillashtirilgan modeli taqdim etilgan. Model tatbiq etilgan pilot maktablar guruhida kapital xarajatlarni rejalashtirishda aniqlik 67% ga oshgan, favqulodda ta'mirlash holatlari esa 48% ga kamaygan.

ta'lim muassasalari infratuzilmasi, aktivlar menejmenti, texnik holat indeksi, raqamli inventarizatsiya, maktab binolari, kapital rejalash, Facilities Management, proaktiv texnik xizmat, O'zbekiston ta'lim tizimi, infratuzilma eskirishi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.