Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 14-son (2026) · 103–105-betlar

RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA MAKTAB PSIXOLOGIK XIZMATINING YANGI YO‘NALISHLARI

Murtazaeva, Dilbar

DOI: 10.5281/zenodo.20716593 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli ta'lim muhitining rivojlanishi sharoitida maktab psixologik xizmatining yangi yo‘nalishlari, vazifalari va faoliyat mexanizmlari tahlil qilinadi. Raqamlashtirish jarayonlari ta'lim tizimiga yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda qator psixologik muammolarni ham olib kirgan. O‘quvchilarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi, masofaviy ta'limning kengayishi, kiberxavfsizlik, raqamli qaramlik, virtual muloqot va psixologik farovonlik masalalari maktab psixologlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga aylanmoqda. Tadqiqotda maktab psixologik xizmatining raqamli transformatsiya sharoitidagi o‘rni, o‘quvchilar, pedagoglar va ota-onalar bilan ishlashning innovatsion usullari hamda psixologik xizmat samaradorligini oshirish yo‘llari yoritilgan.

raqamli ta'lim, maktab psixologi, psixologik xizmat, masofaviy ta'lim, kiberxavfsizlik, raqamli qaramlik, sun'iy intellekt, psixologik diagnostika, psixologik profilaktika,

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.