Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 14-son (2026) · 121–126-betlar
TALABA YOSHLARDA RAQAMLI STRESSNING AKADEMIK FAOLIYAT VA RUHIY SALOMATLIKKA TA'SIRI
Mamayusupova, Iroda
DOI: 10.5281/zenodo.20717164 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Raqamli texnologiyalarning ta'lim sohasiga jadal kirib kelishi talabalar hayotini tubdan o'zgartirib, ularda yangi psixologik muammo — raqamli stress fenomenini yuzaga keltirmoqda. Ushbu tadqiqot Qo'qon Davlat Universiteti talabalarida raqamli stressning akademik faoliyat (akademik o'ziga ishonch, o'quv samaradorligi, prokrastinatsiya) va ruhiy salomatlik (tashvish, emotsional charchoq, psixologik farovonlik) ko'rsatkichlariga ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda 156 nafar bakalavr talabasi ishtirok etdi (67,3% ayol, o'rta yosh = 20,4 yosh, SD = 1,5). Ma'lumotlar Raqamli Stress Shkalasi (DSS), Akademik O'ziga Ishonch Shkalasi (ASS), Rosenberg O'zini-o'zi Baholash Shkalasi, Umumlashtirilgan Tashvish Shkalasi (GAD-7) va Maslach Emotsional Charchoq Inventarining talabalar versiyasi yordamida to'plandi. Pearson korrelyatsiyasi va ko'p o'zgaruvchili regressiya tahlillari o'tkazildi. Natijalar raqamli stressning akademik samaradorlik bilan muhim darajada teskari, tashvish va emotsional charchoq bilan esa to'g'ridan-to'g'ri bog'liqligini ko'rsatdi. Ko'p o'zgaruvchili regressiya tahlili raqamli stressning demografik ko'rsatkichlar nazoratida akademik faoliyat va ruhiy salomatlik o'zgaruvchanligining muhim qismini tushuntirishini aniqladi. Ushbu natijalar oliy ta'lim muassasalarida raqamli salomatlik bo'yicha psixoedukatsiyon dasturlarni joriy etishning zararuratini ko'rsatadi.
raqamli stress, akademik faoliyat, ruhiy salomatlik, talabalar, emotsional charchoq, prokrastinatsiya, raqamli farovonlik, O'zbekiston
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.