Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 14-son (2026) · 138–141-betlar

OLIY TA’LIM MUASSASASI PEDAGOGIK JAMOASIDAGI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHIT VA UNING SHAKLLANISH OMILLARI

Yunusaliyeva, Nargiza, Nazirova, Umidaxon

DOI: 10.5281/zenodo.20718622 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada ta’lim tizimining turli bosqichlarida faoliyat yuritayotgan pedagogik jamoalardagi ijtimoiy-psixologik muhitning o‘rganilish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Muallif pedagogik jamoaning kasbiy kompetensiyasi, jamoadagi barqaror muhit hamda nizoli vaziyatlarning oldini olishda pedagoglarning shaxsiy sifatlari naqadar muhim omil ekanligini yoritib beradi. Tadqiqotda V.S.Tretyakova, A.V.Eremeeva, S.L.Fomenko, Ye.A.Rilskaya va I.B.Avakyan kabi olimlarning ilmiy ishlari qiyosiy tahlil qilinib, maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-psixologik muhitni baholash mezonlari (kognitiv, emotsional, xulq-atvor komponentlari) hamda uning innovatsion faoliyatga ta’siri yuzasidan xulosalar bayon etilgan. Shuningdek, turli ta’lim bosqichlaridagi pedagogik jamoalar munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ushbu muhitni barqarorlashtirish uchun psixologik trening dasturlarini ishlab chiqish zarurati asoslangan.

Pedagogik jamoa, ijtimoiy-psixologik muhit, ta’lim samaradorligi, kasbiy kompetensiya, boshqaruv mexanizmlari, nizoli vaziyatlar, shaxslilik sifatlari, innovatsion tayyorlik, emotsional komponent, xulq-atvor komponenti.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.