Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 14-son (2026) · 146–149-betlar

TALABALARDA ALTRUIZM XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KORREKSION IMKONIYATLARI

Norqo‘ziyeva, D.Sh., Mahammadova, R.

DOI: 10.5281/zenodo.20725976 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada talabalarda altruizm xususiyatlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik korreksion imkoniyatlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Altruizm tushunchasining psixologik mohiyati, uning motivatsion asoslari, shuningdek altruistik xulq-atvorni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-psixologik korreksiya usullari (treninglar, rolli o'yinlar, volontyorlik faoliyati) yoritilgan. Olib borilgan eksperimental tadqiqot natijalari maxsus ishlab chiqilgan korreksion dastur ta'sirida talabalarda altruistik xulq-atvor ko'rsatkichlarining sezilarli darajada oshganligini ko'rsatdi. Tadqiqot natijalari asosida talabalarda altruizmni rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

altruizm, ijtimoiy-psixologik korreksiya, prosotsial xulq, motivatsiya, trening, volontyorlik, talabalar, empatiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.