Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 11-son (2026) · 146–149-betlar

BO‘LAJAK MUHANDISLAR KASBIY IDENTIFIKATSIYASIGA TA’SIR ETUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR TAHLILI

Nazarova, Marg‘uba

DOI: 10.5281/zenodo.20732556 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada bo‘lajak muhandislar kasbiy identifikatsiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy ijtimoiy-psixologik omillar tahlil qilingan. Xususan, oilaviy tarbiya, oliy ta’lim muassasasining ijtimoiy muhiti hamda tengdoshlar guruhining talabalarning kasbiy o‘zligini anglash, kasbiy qadriyatlarni qabul qilish va muhandislik kasbiga mansublik hissini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, kasbiy identifikatsiyaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan hamda bo‘lajak muhandislarda barqaror kasbiy identifikatsiyani shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

kasbiy identifikatsiya, bo‘lajak muhandislar, ijtimoiy-psixologik omillar, oilaviy tarbiya, oliy ta’lim muhiti, tengdoshlar guruhi, kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy qadriyatlar, ijtimoiy muhit, muhandislik ta’limi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.