Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 15-son (2026) · 4–6-betlar

FIZIKA O'QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O'RNI VA TA'LIM TIZIMIDAGI YUTUQLARI

O’rinboyeva, Kumushoy

DOI: 10.5281/zenodo.20733423 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, imkoniyatlari va ta’lim jarayoniga keltirayotgan yutuqlari tahlil qilinadi. Raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar, simulyatorlar, animatsiyalar va interaktiv o‘quv dasturlari orqali o‘quvchilarda murakkab fizik tushunchalarni chuqur anglash, tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ilmiy-tadqiqot fikrlashni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning metodik asoslari, o‘qituvchining roli va o‘quvchilarning mustaqil ta’limga bo‘lgan qiziqishining oshishi yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim vositalarining samaradorligini baholash va ularni fizika ta’limi jarayonida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Raqamli texnologiyalar, fizika ta’limi, virtual laboratoriya, interaktiv metodlar, simulyatorlar, raqamli kompetensiya, masofaviy ta’lim, STEM yondashuvi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.