Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 15-son (2026) · 35–38-betlar

VIRTUAL VA REAL MUHITDAGI KIBER-AGRESSIYANING O‘SMIRLAR MOTIVATSION VA KOGNITIV RIVOJLANISHIGA TA’SIRI (KICHIK VA KATTA O‘SMIRLAR MISOLIDA)

Mirsidikova, Aziza, Sagdullayeva, Aziza

DOI: 10.5281/zenodo.20747418 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada virtual va real muhitda uchraydigan kiber-agressiyaning o‘smirlar motivatsion hamda kognitiv rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Ayniqsa, kichik o‘smirlik (11–14 yosh) va katta o‘smirlik (15–18 yosh) davrlarida kiber-agressiyaning psixologik oqibatlari, o‘quv motivatsiyasi, diqqat, xotira, tafakkur va ijtimoiy moslashuv jarayonlariga ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kiber-agressiya o‘smirlarning emotsional holati va akademik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning motivatsion hamda kognitiv rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Shuningdek, yosh xususiyatlariga ko‘ra ushbu ta’sirlarning farqli jihatlari tahlil qilinadi.

kiber-agressiya, kiberbulling, o‘smirlar, motivatsiya, kognitiv rivojlanish, virtual muhit, psixologik salomatlik, ta’lim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.