Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 15-son (2026) · 86–88-betlar
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA KOMIL INSON SHAXSIYATINI KONTSEPTUALLASHTIRISHNING AKSIOLOGIK VA ETNOPEDAGOGIK DETERMINANTLARI: MILLIY VA DINIY QADRIYATLAR SINTEZI
Bauatdinov, Shamshetdin
DOI: 10.5281/zenodo.20813522 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tezisda postgumanistik va kompetensiyaviy ta’lim paradigmalari sharoitida talaba-yoshlar shaxsiyatini intellektual hamda ma’naviy-axloqiy jihatdan modifikatsiyalash muammosi tadqiq etiladi. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining milliy hamda diniy qadriyatlari tizimi shaxs kamolotini ta’minlovchi sinkretik aksiologik poydevor sifatida tahlil qilingan. Maqolada moturidiylik kalom maktabining gnoseologik hamda etik tamoyillari, xususan, “Fiqhul Akbar” va “Kitob at-Tavhid” asarlaridagi mo‘tadillik konseptlari hamda hududiy epik an’analar (etnik kodlar) vositasida talabalarda ijtimoiy-g'oyaviy immunitetni va konseptual dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.