Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 15-son (2026) · 127–130-betlar

YOSH GIMNASTIKACHILARDA VESTIBULYAR BARQARORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Jumaniyazov, U.

DOI: 10.5281/zenodo.20845656 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda yosh gimnastikachilarda vestibulyar barqarorlikni rivojlantirishning sport tayyorgarligidagi ahamiyati yoritiladi. Vestibulyar barqarorlik sportchining tana holatini fazoda nazorat qilishi, aylanishlar va sakrashlardan keyin muvozanatni saqlashi hamda harakatlarni aniq muvofiqlashtirishi bilan bog‘liq funksional qobiliyatdir. Sport gimnastikasida aylanish, salto, sakrash, xodada bajariladigan mashqlar va akrobatik elementlar yuqori darajadagi vestibulyar tayyorgarlikni talab qiladi. Vestibulyar apparatning yetarli darajada rivojlanmaganligi bosh aylanishi, muvozanatning buzilishi, texnik xatolar va jarohatlanish xavfining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tezisda aylanish, muvozanat, sakrash va fazoviy mo‘ljal olish mashqlaridan foydalanish yosh gimnastikachilarning vestibulyar barqarorligini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslanadi.

sport gimnastikasi, yosh gimnastikachilar, vestibulyar barqarorlik, muvozanat, koordinatsiya, fazoviy mo‘ljal olish, aylanish mashqlari, akrobatik elementlar, sakrash, texnik tayyorgarlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.