Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 15-son (2026) · 153–157-betlar

MAKTAB KIMYO KURSIDA POLIMERLAR VA NANOMATERIALLAR MAVZULARINI STEM LOYIHALAR ORQALI O‘QITISH METODIKASI

Bo'riyev, Rashidbek, Qirg'izov, Shahobiddin

DOI: 10.5281/zenodo.20963280 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda umumta’lim maktablarining kimyo kursida zamonaviy kimyo sanoatining muhim tarmoqlari hisoblangan «Polimerlar» va «Nanomateriallar» mavzularini o‘qitishda STEM (Fan, Texnologiya, Injeneriya, Matematika) yondashuvini qo‘llash metodikasi yoritilgan. An’anaviy o‘qitish metodlaridan farqli o‘laroq, STEM loyihalari o‘quvchilarning fundamental nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, mustaqil tadqiqotchilik, loyihalash va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tezis doirasida maktab laboratoriya sharoitida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan STEM loyihalarining tuzilishi, ularning ta’limiy samaradorligi va o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan.

STEM ta’lim, polimerlar, nanomateriallar, kimyo metodikasi, maktab kimyo kursi, loyihaviy ta’lim, fanlararo integratsiya, faol o‘qitish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.