Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 16-son (2026) · 4–7-betlar

GAMIFIKATSIYANING TA’LIM JARAYONIGA INTEGRATSIYASI

Yusupova, Mohigul

DOI: 10.5281/zenodo.21289341 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda gamifikatsiyaning oliy ta’limda, xususan, ingliz tilini o‘qitish jarayoniga integratsiyalashuvi ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan biri sifatida gamifikatsiya o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, ta’lim jarayonini yanada interaktiv va samarali tashkil etish hamda talabalar motivatsiyasini kuchaytirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Tadqiqotda gamifikatsiya elementlarining ingliz tili darslarida qo‘llanishi, ularning lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni va ta’lim samaradorligiga ta’siri chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, gamifikatsiya texnologiyalarining didaktik asoslari, raqamli platformalar bilan integratsiyalashuvi va pedagogik jarayondagi afzalliklari tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda gamifikatsiyaning ingliz tilini o‘qitish jarayoniga joriy etish usullari, xalqaro tajribalar va istiqbolli yo‘nalishlar asosida xulosa beriladi.

gamifikatsiya, ingliz tilini o‘qitish, oliy ta’lim, interaktiv ta’lim, motivatsiya, lingvistik kompetensiya, raqamli texnologiyalar, pedagogik innovatsiyalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.