Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 16-son (2026) · 36–40-betlar
O‘SPIRINLAR IRODAVIY SIFATINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY MUHITNING O‘RNI
Masharipova, Shaxrizada
DOI: 10.5281/zenodo.21368140 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘spirinlar irodaviy sifatlarini rivojlantirishda ijtimoiy muhitning o‘rni psixologik va pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda oilaviy muhit, ta'lim muassasalari, tengdoshlar guruhi hamda ommaviy axborot vositalari va raqamli kommunikatsiya vositalarining o‘spirin shaxsida qat'iyatlilik, mas'uliyat, sabr-toqat, mustaqillik, o‘zini-o‘zi boshqarish kabi irodaviy sifatlarning shakllanishiga ta'siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tadqiqot davomida zamonaviy psixologik yondashuvlar hamda xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar ijtimoiy muhitning ijobiy tashkil etilishi o‘spirinlarda irodaviy sifatlarning rivojlanishini jadallashtirishi, salbiy muhit esa mazkur sifatlarning shakllanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari ta'lim tizimida psixologik xizmat faoliyatini takomillashtirish hamda ota-onalar va pedagoglar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
o‘spirin, irodaviy sifatlar, ijtimoiy muhit, oila, maktab, tengdoshlar, motivatsiya, o‘zini-o‘zi boshqarish, shaxs rivojlanishi, psixologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.