Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 16-son (2026) · 86–92-betlar

O‘ZBEKISTON TAYANCH O‘RTA TA’LIMIDA O‘QISH SAVODXONLIGINING AMALDAGI HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLARI TAHLILI

Karimberdiyev, Qodir

DOI: 10.5281/zenodo.21700271 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston tayanch o‘rta ta’lim bosqichida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish borasidagi amaldagi holat va tizimli muammolar tahlil qilinadi. PISA 2022 xalqaro tadqiqoti natijalariga tayangan holda O‘zbekiston o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi ko‘rsatkichlari OECD o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan qiyoslanadi. Tadqiqot davomida reproduktiv o‘qitish yondashuvining ustunligi, pedagog kadrlarning PISA metodologiyasi bo‘yicha metodik tayyorgarligining yetarli emasligi, fanlararo integratsiyaning zaifligi hamda o‘quv-metodik ta’minotdagi kamchiliklar kabi asosiy muammolar aniqlangan. Shuningdek, mavjud me’yoriy-huquqiy asos bilan sinf xonasidagi amaliyot o‘rtasidagi metodik bo‘shliq ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola yakunida o‘qish savodxonligini oshirishga qaratilgan yaxlit metodika va model ishlab chiqish zarurati asoslanadi.

o‘qish savodxonligi, PISA, tayanch ta’lim, funksional savodxonlik, o‘qitish metodikasi, fanlararo integratsiya, ta’lim sifati, o‘quv-metodik ta’minot.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.