Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 16-son (2026) · 103–105-betlar

O‘SMIRLARDA DESTRUKTIV AXBOROTLARGA NISBATAN MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Turgunbayev, Jumadillo

DOI: 10.5281/zenodo.21786064 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda o‘smirlar orasida destruktiv axborotlarning tarqalishi, ularning yoshlarning psixologik holati, dunyoqarashi va ijtimoiy xulq-atvoriga ta’siri hamda bunday axborotlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillari tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi va internet tarmog‘ining yoshlar hayotidagi o‘rni ortib borishi o‘smirlarni turli mazmundagi axborotlar, jumladan, destruktiv g‘oyalar va manipulyativ ta’sirlarga nisbatan zaif guruhga aylantirishi mumkin. Shu sababli o‘smirlarda tanqidiy fikrlash, axborotlarni tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan barqaror dunyoqarashni shakllantirish muhim psixologik-pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Tezisda oila, ta’lim muassasasi, tengdoshlar guruhi va ommaviy axborot vositalarining o‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanishidagi o‘rni yoritilgan.

o‘smirlik davri, destruktiv axborot, mafkuraviy immunitet, ijtimoiy-psixologik omillar, axborot xavfsizligi, tanqidiy fikrlash, media savodxonlik, psixologik barqarorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.