Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 16-son (2026) · 112–121-betlar

TALABA QIZLARDA OILAVIY QADRIYATLARGA NISBATAN IJOBIY USTANOVKALARNI SHAKLLANTIRISH MODELI

Axmedov, Aminjon

DOI: 10.5281/zenodo.21837691 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada talaba qizlarda oilaviy qadriyatlarga nisbatan ijobiy ustanovkalarni shakllantirishning psixologik modeli konseptual asosda tahlil qilingan. Oilaviy qadriyatlar tizimiga ijobiy munosabatni shakllantirish shaxsning ma’naviy-psixologik va ijtimoiy rivojlanish jarayonining muhim komponenti sifatida ko‘rib chiqiladi. Modellash jarayonida ijobiy ustanovkalar motivatsion-emotsional, kognitiv va xulq-atvorga oid komponentlar orqali tizimli ravishda shakllantiriladi. Tadqiqotda ta’kidlanishicha, ijtimoiy-madaniy muhit, oila an’analari va jamiyatning qadriyatlar tizimi talaba qizlarning oilaviy qadriyatlarga munosabatini belgilovchi muhim omillar sanaladi. Modelni amalga oshirish mexanizmi sifatida individual va guruhiy psixologik treninglar, interfaol o‘qitish metodlari va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari tavsiya etiladi. Ushbu treninglar orqali shaxsda oilaviy qadriyatlarga nisbatan ijobiy emotsional motivatsiya, bilim va amaliy xulq-atvor ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Natijada, model shaxsning ma’naviy yetukligi, ijtimoiy integratsiyasi va oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan kompleks psixologik-ijtimoiy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.

Talaba qizlar, oilaviy qadriyatlar, ijobiy ustanovka, psixologik model, motivatsiya, bilim, xulq-atvor, ijtimoiy muhit, oila, jamiyat, trening, o‘qitish, ko‘nikmalar, ma’naviyat, integratsiya, munosabatlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.