Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 17-son (2026) · 4–6-betlar

TALABALARDA LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mansurova, Lobar

DOI: 10.5281/zenodo.21872396 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda talabalarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Talabalik davrida shaxsning mustaqil fikrlashi, ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligi, muloqotga kirishuvchanligi va mas’uliyat hissining rivojlanishi liderlik sifatlarining shakllanishi uchun muhim omil sifatida qaraladi. Shuningdek, liderlikni rivojlantirishda ta’lim jarayonining imkoniyatlari, jamoaviy faoliyat, muammoli vaziyatlar, mustaqil qaror qabul qilish va refleksiyaning ahamiyati yoritilgan. Liderlik sifatlarini rivojlantirish shaxsning faqat boshqaruv qobiliyatini emas, balki uning ijtimoiy munosabatlar, o‘z-o‘zini anglash va hamkorlik faoliyatidagi kompetensiyalarini ham takomillashtirishi asoslangan.

liderlik, liderlik sifatlari, talaba, shaxs, pedagogik jarayon, psixologik xususiyatlar, tashabbuskorlik, kommunikativlik, mas’uliyat, mustaqil qaror, jamoaviy faoliyat, refleksiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.