Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 17-son (2026) · 23–24-betlar

“ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI INDIKATORLARINI STEAM TEXNOLOGIYASI KOMPONENTLARI BILAN INTEGRATSIYALASHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI

Alijonova, Muborakxon

DOI: 10.5281/zenodo.21943383 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining elementar matematik tasavvurlar bo‘yicha sakkizta indikatorini STEAM texnologiyasi komponentlari bilan integratsiyalashning nazariy-metodik asoslari o‘rganiladi. J. Piaget, L. Vygotskiy, J. Bruner hamda D. Klements va J. Saramaning nazariy yondashuvlariga tayanib, 5–6 yoshli bolalarda matematik tafakkurni rivojlantiruvchi integrativ metodlar ishlab chiqilgan. Rivojlantiruvchi muhitning to‘rtta markazi indikatorlar bilan funksional bog‘langan holda tahlil qilingan va milliy pedagogik qadriyatlar asosida moslashtirish tamoyillari asoslab berilgan.

STEAM texnologiyasi, elementar matematik tasavvurlar, Ilk qadam davlat o‘quv dasturi, indikatorlari, integrativ ta’lim, rivojlantiruvchi markaz, fasilitator-pedagog.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.