Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 17-son (2026) · 25–31-betlar

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI PEDAGOGLARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BAHOLASH MEZONLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Tugalov, Ravshan

DOI: 10.5281/zenodo.21943776 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagoglarining kasbiy kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida baholash mezonlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini aniqlash, baholash va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda xorijiy, MDH va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari o‘rganilib, mavjud baholash yondashuvlari tahlil qilindi. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy faoliyatini obyektiv va tizimli baholashga xizmat qiluvchi raqamli mezonlar hamda indikatorlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari pedagoglar faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish, malaka oshirish jarayonlarini takomillashtirish va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Mazkur takliflar pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalarida samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etish uchun muhim ahamiyatga ega.

kasbiy, kompetensiya, pedagog, raqamli, texnologiyalar, ta’lim, muhit, baholash, mezonlar, monitoring, sifat, yondashuv, platforma.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.