Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 17-son (2026) · 32–36-betlar

YUQORI O'LCHAMLI MA'LUMOTLARDA MODEL MURAKKABLIGI VA BASHORAT ANIQLIGI O'RTASIDAGI MUVOZANAT: SUN'IY INTELLEKT NUQTAYI NAZARIDAN NAZARIY TAHLIL

Xamdamova, Fotima

DOI: 10.5281/zenodo.21945737 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada yuqori o‘lchamli ma’lumotlarni tahlil qilishda sun’iy intellekt modellarining murakkabligi va bashorat aniqligi o‘rtasidagi nazariy muvozanat masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda model parametrlarining ko‘payishi, ma’lumotlarning o‘lchamliligi, ortiqcha moslashuv, umumlashtirish qobiliyati va bashorat xatosi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tizimlashtiriladi. Klassik bias–variance trade-off konsepsiyasi zamonaviy overparameterized AI modellarining xususiyatlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, model murakkabligining ortishi har doim ham umumlashtirish qobiliyatining pasayishiga olib kelmasligi asoslanadi. Shuningdek, regularizatsiya, o‘lchamni kamaytirish va model tanlash mexanizmlarining murakkablikni boshqarishdagi roli ochib beriladi. Natijada yuqori o‘lchamli muhitda model murakkabligi va bashorat aniqligi o‘rtasidagi optimal nisbatni belgilashga qaratilgan nazariy-metodologik yondashuv shakllantiriladi.

yuqori o‘lchamli ma’lumotlar; sun’iy intellekt; model murakkabligi; bashorat aniqligi; bias–variance trade-off; overfitting; regularizatsiya; umumlashtirish qobiliyati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.